OZIQ-OVQAT SANOATIDA HACCP VA ISO 22000 TIZIMLARINI INTEGRATSIYALASHNING SAMARALI MEXANIZMLARI
Abstract
Mazkur maqolada oziq-ovqat sanoatida HACCP (Xavflarni tahlil qilish va kritik nazorat nuqtalari) hamda ISO 22000 (Oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi) xalqaro standartlarini integratsiyalashning nazariy va amaliy mexanizmlari tadqiq etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda biologik, kimyoviy va fizik xavflarni aniqlash, baholash hamda nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy taqqoslash va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. HACCP tamoyillarini ISO 22000 talablariga uyg‘unlashtirish orqali ishlab chiqarish jarayonlarida xavflarni boshqarish, kritik nazorat nuqtalarini belgilash, monitoring va hujjatlashtirish samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, integratsiyalashgan tizimni joriy etishning tashkiliy, texnologik va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Natijada oziq-ovqat korxonalarida mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi nomuvofiqliklarni kamaytirish hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiluvchi samarali yondashuvlar yoritiladi.
References
- ISO 22000:2018. Food safety management systems — Requirements for any organization in the food chain. International Organization for Standardization.
- Petra Luber. (2011). The Codex Alimentarius guidelines on the application of general principles of food hygiene to the control of Listeria monocytogenes in ready-to-eat foods.Food Control.[Crossref]
- ISO 22000:2018. Food safety management systems — Guidance on the use of the standard.
- , Gracia Brisco, Verna Carolissen-Mackay, , Annamaria Bruno, . (2025). The global framework for food chemical risk assessment.Burleigh Dodds Series in Agricultural Science.[Crossref]
- O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sanitariya-gigiyena va texnik jihatdan tartibga solishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari.
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.