Neft va gazni chuqur qayta ishlash va barqaror energetika: ilmiy-texnologik taraqqiyot, innovatsion yechimlar va energiya samaradorligi

SHO‘RTAN GAZ-KIMYO MAJMUASIDA BIOLOGIK VA SORBSION KOMBINATSIYALANGAN TOZALASH TIZIMINI JORIY ETISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI

Hasan Abdivohid o‘g‘li Tog‘ayev
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
👁️ 0 Views
📥 0 Downloads

Abstract

Ushbu maqolada «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» MChJ sanoat oqava suvlari tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda suv resurslaridan qayta foydalanishni ta’minlovchi biologik nitri-denitrifikatsiya va AG-3 faollashtirilgan ko‘mirli sorbsiya bosqichlaridan iborat kombinatsiyalangan texnologik sxemaning texnik-iqtisodiy hamda ekologik samaradorligi har taraflama ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot davomida gaz-kimyo majmuasi oqava suvlarining kimyoviy tarkibi va dinamikasi tahlil qilinib, an’anaviy biologik tozalash bosqichidan so‘ng oqava suvlardagi nitrit va nitrat birikmalari hamda qoldiq neft mahsulotlarining amaldagi ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiya (REK / ТДП2) normasi darajasiga yetmasligi muammosi o‘rganildi. Taklif etilgan modernizatsiyalangan sxemada biologik reaktorlarning anoksik (220 m³), aerob (515 m³) va deaeratsiya (32 m³) zonalari parametrlari hamda R=2.7 retsirkulyatsiya ko‘rsatkichi optimallashtirilib, keyingi bosqichda AG-3 sorbenti bilan jihozlangan filtrlar o‘rnatilishi rejalashtirildi. Eksperimental va stend sinovlari natijalariga ko‘ra, kombinatsiyalangan texnologiya BKT bo‘yicha 95.4%, KKT bo‘yicha 86.0%, ammoniyli azot bo‘yicha 97.2% va neft mahsulotlari bo‘yicha 96.7% tozalash samaradorligiga erishish va tozalangan suvni texnologik qayta foydalanishga yo‘naltirish imkonini berdi. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar modernizatsiya uchun talab etiladigan kapital qo‘yilmalar 1,477 mln so‘mni, oqava suvni tozalash tannarxining 21.8% ga pasayishini (3,800 so‘m/m³ dan 2,970 so‘m/m³ gacha), atrof-muhitga to‘lovlar tejamkorligi va suvni qayta ishlatish hisobiga kutilayotgan yillik sof iqtisodiy samara 513 mln so‘m/yilni hamda investitsiyalarning o‘zini qoplash muddati 2.87 yilni tashkil etishini isbotladi.

References

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoni.
  2. Metcalf & Eddy, Inc. Wastewater Engineering: Treatment and Resource Recovery. 5th Edition. - New York: McGraw-Hill, 2014.
  3. С.В. Степанов, П.П. Авдеенков, О.С. Пономаренко, К.М. Морозова. (2022). Determination of kinetic constants and coefficients of biological processes of wastewater treatment of egg advanced processing enterprises.Vodosnabzhenie i sanitarnaia tehnika.[Crossref]

Share this Publication

𝕏 Sharein Share✈️ Share💬 Sharef Share
📄

Read Full Text

Download PDF

Publication Details

Published Date03/11/2026
Conference“KIMYO, NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH HAMDA OZIQ-OVQAT SANOATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI” RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK ANJUMANI
DOI10.5281/zenodo.24428087
Page Numbers594-595
Keywords
AG-3 sorbentkombinatsiyalangan sxematozalash tannarxiiqtisodiy samarao‘zini qoplash muddatiREK
CC BY 4.0

This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.