BELGILANGAN YOG’-KISLOTA TARKIBLI ZIG’IR MOYI VA ISTE’MOLBOP ZIG’IR UNINI ISHLAB CHIQARISHNING RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYASI
Abstract
Mazkur ilmiy ishda mahalliy sharoitlarda yetishtirilgan zig‘ir urug‘ini kompleks qayta ishlash, undan sifatli va yuqori unumdorlikka ega o‘simlik moyi olish texnologiyasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda zig‘ir urug‘larini presslashdan oldin tayyorlash, o‘ta yuqori chastotali (O‘YUCh) elektromagnit maydon yordamida ishlov berish hamda sovuq presslash jarayonining maqbul texnologik parametrlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur usul moy chiqishini qo‘shimcha ravishda oshirish, uning sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va omega-6 hamda omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining belgilangan nisbatini shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, presslash jarayonida hosil bo‘ladigan zig‘ir kunjarasini ekstrudirlash va maydalash orqali oziq-ovqat tolalariga boy, biologik qiymati yuqori zig‘ir uni olish texnologiyasi ko‘rib chiqilgan. Taklif etilayotgan texnologiya xomashyodan kompleks foydalanish, energiya va resurslarni tejash hamda funksional oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
References
- Lazokat Abduraxmonova. (2026). TOPINAMBUR TUGUNAGI ASOSIDA DAVOLOVCHIPROFILAKTIK OZIQ-OVQAT VA CHOY MAHSULOTINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.Agro ilm.[Crossref]
- Zayseva L.V. Balans polinenasennix jirnix kislot i razvitiye alimentarno-zavisimix zabolevaniy // Sbornik dokladov na XIV Mejdunarodnom forume "Pishie ingredienti XXI veka." 2013. 100-103-betlar.
- Zig‘ir moyining omega-3-alfa-linolen kislotasi manbai sifatidagi biologik faolligi /O.M. Ipatova, N.N. Prozorovskaja, V.S. Baranova, D.A. Guseva //Biomedicinskaya ximiya. 2004. T.50. №1.
- Sog‘lom ovqatlanish uchun semizlik. Zamonaviy qarash / L.V. Ipatova, A.A. Kochetkova, A.P. Nechayev, V.A. Tuteljan. M., 2009. 396 b.
- Zig‘ir moyining oksidlanishga chidamliligi / O.I. Shadiro, A.A. Sosnovskaya, I.P. Edimecheva, N.I. Ostrovskaya // Maslojirovaya promishlennost’. 2010. 5. № S.26-28.
- GOST 30418-96 O‘simlik moylari. Yog‘-kislota tarkibini aniqlash usuli. M.: Izd-vo standartov, 1991. 15 s.
- Mahalliy zig’ir urug’ navlarini oqsil majuasi tarkibini o’rganish F.H.Mingboyeva, S.Sh.Ismatov, Q.H.Majidov Fan va texnologiyalar taraqqiyoti ilmiy jurnal 2026 yil
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.