SANOAT EKOLOGIYASI VA YASHIL TRANSFORMATSIYA: OʻZBEKISTON SANOATI UCHUN IMKONIYATLAR
Abstract
Sanoat iqtisodiy oʻsishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi boʻlsa-da, tabiiy resurslar isteʼmoli, chiqindilar hosil boʻlishi va issiqxona gazlari chiqindilarining katta qismi aynan shu sohaga toʻgʻri keladi. Anʼanaviy “xomashyo – mahsulot – chiqindi” shaklidagi chiziqli modeldan voz kechish zarurati sanoat ekologiyasi yoʻnalishini vujudga keltirdi. Bu tushuncha 1989-yilda R. Frosch va N. Gallopoulosning maqolasidan soʻng keng tarqaldi: mualliflar sanoat tizimini tabiiy ekotizim kabi tashkil etish, yaʼni bir korxona chiqindisini boshqa korxona uchun xomashyoga aylantirish gʻoyasini ilgari surgan [1]. Keyinchalik T. Graedel va B. Allenby bu yondashuvni mustaqil ilmiy fan sifatida tizimlashtirgan [2]. Oʻzbekistonda ham sanoatni ekologik jihatdan qayta qurish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. 2019-yilda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi qabul qilingan boʻlsa [3], 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaror bilan 2030-yilgacha aniq koʻrsatkichlar belgilandi: yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan issiqxona gazlari chiqindilarini 2010-yil darajasiga nisbatan 35 foizga kamaytirish, sanoatda energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 15 GVt ga, ularning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushini 30 foizdan ortiqqa yetkazish [4]. Mamlakatning yangilangan milliy hissasida esa chiqindilar intensivligini 2035-yilgacha 50 foizga qisqartirish maqsadi qoʻyilgan [5]. Bu maqsadlarga erishish uchun alohida korxonalardagi tozalash inshootlari yetarli emas – butun sanoat tizimini yashil transformatsiya qilish talab etiladi.
References
- Robert A. Frosch, Nicholas E. Gallopoulos. (1989). Strategies for Manufacturing.Scientific American.[Crossref]
- Henry Frankel. (1996). A review of: “<i>Industrial Ecology</i>” T.E. Graedel and B.R. Allenby prentice Hall, Inc., 1995, 412 pp., ISBN 0-13-125238-0.IIE Transactions.[Crossref]
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4477-son qarori // https://lex.uz/docs/4539506.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qarori // https://lex.uz/docs/6303233.
- Uzbekistan presented its updated nationally determined contributions to the international community [Elektron resurs] // Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi. – URL: https://gov.uz/en/eco/news/view/102168.
- ISO 14040:2006. Environmental management – Life cycle assessment – Principles and framework. – Geneva: ISO, 2006.
- Chertow M.R. Industrial symbiosis: literature and taxonomy // Annual Review of Energy and the Environment. – 2000. – Vol. 25. – P. 313–337.
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.