MODIFIKATSIYALANGAN POLIANILIN HOSILALARINING OLINISHI VA INFRAQIZIL SPEKTROSKOPIYA USULIDA TAHLILI.
Abstract
Mazkur maqolada polianilinning molekulyar tuzilishini alkenil funksional guruhlari bilan modifikatsiyalash orqali uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Polianilin hosilalarini ammoniy peroksodisulfat ishtirokida kislotali muhitda oksidlovchi polimerlanish usuli bilan olish jarayoni tavsiflangan. Polimerlarning molekulyar tuzilishi va funksional guruhlariga xos xususiyatlar infraqizil spektroskopiya natijalari asosida tahlil qilingan. Jumladan, N–H va C–H bog‘larining valent tebranishlari, benzenoid va xinoid struktur fragmentlarga xos yutilish sohalari hamda polimerning dopirlangan holati bilan bog‘liq spektral belgilar muhokama qilingan. Shuningdek, alkenil guruhlarining kiritilishi polianilin hosilalarining eruvchanligi va lyuminessent xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Keltirilgan ma’lumotlar polianilinni kimyoviy modifikatsiyalash uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va yangi polimer materiallarni ishlab chiqishda istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi.
References
- Ali Reza Modarresi-Alam, Homeyra Alsadat Amirazizi, Fahimeh Movahedifar, Abdolkarim Farrokhzadeh, Gholam Reza Asli, Hamed Nahavandi. (2015). The first report of polymerization and characterization of aniline bearing chiral alkyl group on ring via covalent bond; poly[(±)-2-(sec-butyl)aniline].Journal of Molecular Structure.[Crossref]
- Maxmutov A. R., Kozlova G. G., Arslanova A. R. Polianilin (Polyaniline) // Nauchnыye izvestiya. — 2022. — № 28. — S. 272–274.
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.