Endofit bacillus bakteriyalarining Staphylococcus aureus kabi oziq-ovqat patagenlariga qarshi antagonistik xususiyatlari
Abstract
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash – oziq-ovqat bilan bog’liq kasalliklar va mahsulotlarning patogen mikroorganizmlar bilan ifloslanishi oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim muammo hisoblanadi. Staphylococcus aureus oziq-ovqat mahsulotlari orqali tarqaladigan eng xavfli patogenlardan biri bo’lib, enterotoksinlar ishlab chiqarishi va ko’p dori vositalariga chidamli (MRSA) shtammlarining ko’payishi tufayli oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy xavf tug’diradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini o’zgartirmasdan va inson salomatligi uchun potensial xavflardan holi bo’lgan holda saqlanish muddatini uzaytirish va ularni mikrobiologik buzilishdan saqlashga bo’lgan iste’molchilarning talabi o’sib borayotganligi bu muammolarga muqobil yondashuvni topishga turtki bo’ldi. Bu borada eng so’ngi yangiliklardan biri – oziq-ovqatda xavfsiz foydalanish tarixiga ega bo’lgan, antimikrob moddalarni va bakteriotsinlar kabi ingibitor moddalarni ishlab chiqaruvchi endofit bakteriya Bacillus turlari kiradi. Iste’molchilar kimyoviy konservantlarsiz, tabiiy va minimal qayta ishlangan mahsulotlarni afzal ko‘rayotgani tufayli biokonservatsiya, ya’ni foydali mikroorganizmlar yoki ularning metabolitlaridan foydalanish yo‘nalishi tobora dolzarb bo‘lmoqda. Bacillus turlari ishlab chiqaradigan surfaktin, iturin va fengitsin kabi birikmalar mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq tozalangan metabolitning faolligi tirik bakterial kulturani oziq-ovqatga bevosita qo‘shish xavfsiz va samarali ekanini anglatmaydi. Amaliy qo‘llashdan oldin shtammning xavfsizligi, toksin ishlab chiqarish ehtimoli, oziq-ovqat ishlab chiqarishdagi samaradorligi va mahsulot sifatiga ta’siri tekshirilishi zarur. Tahlil natijalari ayrim Bacillus shtammlari va ulardan olingan antimikrob metabolitlar potensial biokonservantlar sifatida yuqori istiqbolga ega, ammo ularning qo‘llanilishi shtammga xos baholanish va qo‘shimcha sinovlarni talab qilishini ko‘rsatadi.
References
- Singh VP. 2018. Recent approaches in food bio-preservation - a review. Open Vet J 8:104–111. doi: 10.4314/ovj.v8i1.16
- Charlène Leneveu-Jenvrin, Florence Charles, Francisco J. Barba, Fabienne Remize. (2019). Role of biological control agents and physical treatments in maintaining the quality of fresh and minimally-processed fruit and vegetables.Critical Reviews in Food Science and Nutrition.[Crossref]
- Ben Said L, Gaudreau H, Dallaire L, Tessier M, Fliss I. 2019. Bioprotective culture: a new generation of food additives for the preservation of food quality and safety. Ind Biotechnol (New Rochelle N Y) 15:138–147. doi: 10.1089/ind.2019.29175.lbs
- Tumbarski Y, Nikolova R, Petkova N, Ivanov I, Lante A. 2019. Biopreservation of fresh strawberries by carboxymethyl cellulose edible coatings enriched with a bacteriocin from Bacillus methylotrophicus BM47. Food Technol Biotechnol 57:230–237. doi: 10.17113/ftb.57.02.19.6128
- Ali MA, Ahmed T, Ibrahim E, Rizwan M, Chong KP, Yong JWH. 2024. A review on mechanisms and prospects of endophytic bacteria in biocontrol of plant pathogenic fungi and their plant growth-promoting activities. Heliyon 10:e31573.
- Ahmed A, He P, He Y, Singh BK, Wu Y, Munir S, He P. 2024. Biocontrol of plant pathogens in omics era - with special focus on endophytic bacilli. Crit Rev Biotechnol 44:562–580.
- Nicholson WL. 2002. Roles of Bacillus endospores in the environment. Cell Mol Life Sci 59:410–416. doi: 10.1007/s00018-002-8433-7
- Hikmate Abriouel, Charles M.A.P. Franz, Nabil Ben Omar, Antonio Gálvez. (2011). Diversity and applications of <i>Bacillus</i> bacteriocins.FEMS Microbiology Reviews.[Crossref]
- Mercado V, Olmos J. 2022. Bacteriocin production by Bacillus species: isolation, characterization, and application. Probiotics Antimicrob Proteins 14:1151–1169. doi: 10.1007/s12602-022-09966-w
- Perez RH, Zendo T, Sonomoto K. 2018. Circular and leaderless bacteriocins: biosynthesis, mode of action, applications, and prospects. Front Microbiol 9:2085. doi: 10.3389/fmicb.2018.02085
- Kindoli S, Lee HA, Kim JH. 2012. Properties of Bac W42, a bacteriocin produced by Bacillus subtilis W42 isolated from Cheonggukjang. J Microbiol Biotechnol 22:1092–1100. doi: 10.4014/jmb.1110.10002
- Sharma N, Kapoor R, Gautam N, Kumari R. 2011. Purification and characterization of bacteriocin produced by Bacillus subtilis R75 isolated from fermented chunks of mung bean (Phaseolus radiatus). Food Technol Biotechnol 49:169–176.
- Ivan Sugrue, R. Paul Ross, Colin Hill. (2024). Bacteriocin diversity, function, discovery and application as antimicrobials.Nature Reviews Microbiology.[Crossref]
- Cotter PD, Ross RP, Hill C. 2013. Bacteriocins — a viable alternative to antibiotics? Nat Rev Microbiol 11:95–105. doi: 10.1038/nrmicro2937
- Cleveland J, Chikindas M, Montville TJ. 2002. Multimethod assessment of commercial nisin preparations. J Ind Microbiol Biotechnol 29:228–232. doi: 10.1038/sj.jim.7000315
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.