TUPROQIQ: OPEN COLORIMETER ASOSIDA TUPROQDAGI HARAKATCHAN FOSFORNI ANIQLASH UCHUN KO‘CHMA SPEKTRAL KOLORIMETR ISHLAB CHIQISH
Abstract
Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini tezkor baholash mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish uchun muhimdir. Ishda ochiq Open Colorimeter platformasi asosida ko‘chma TuproqIQ spektral kolorimetri ishlab chiqildi. Qurilma LILYGO T-Display S3 (ESP32-S3) boshqaruvchisi, AS7341 ko‘p kanalli spektral sensori, TSL2591 yorug‘lik sensori va RS-485 interfeysli SN-3002 tuproq zondidan tashkil topgan. CircuitPython muhitidagi boshqaruv dasturi qorong‘ilik signali, etalon va namuna qiymatlarini qabul qiladi; kompyuter dasturi esa Olsen usuli bo‘yicha kalibrlash chizig‘ini qurib, statistik mezonlarga mos optik kanalni tanlaydi hamda natijani P va P₂O₅ bo‘yicha hisoblaydi. O‘lchovlar CSV va JSON formatlarida yagona ma’lumotlar to‘plamiga yoziladi. Qurilma fermer xo‘jaliklari va o‘quv laboratoriyalarida dastlabki agro-kimyoviy baholash uchun istiqbolli yechim bo‘lib, uning metrologik ko‘rsatkichlari keyingi laboratoriya taqqoslashlarida aniqlanishi lozim.
References
- Joshua M. Pearce. (2012). Building Research Equipment with Free, Open-Source Hardware.Science.[Crossref]
- IO Rodeo. Open Colorimeter. https://iorodeo.com/products/open-colorimeter.
- ams AG. AS7341 11-channel multi-spectral digital sensor. Datasheet DS000504, 2020.
- Olsen S. R. et al. Estimation of available phosphorus in soils by extraction with sodium bicarbonate. USDA Circular 939, 1954.
- J. Murphy, J.P. Riley. (1962). A modified single solution method for the determination of phosphate in natural waters.Analytica Chimica Acta.[Crossref]
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.