TOG‘-KON USKUNALARINING YEYILUVCHI QISMLARI RESURSINI KONSTRUKSIYA VA MATERIALNI MOSLASHTIRISH ORQALI OSHIRISH
Abstract
Navoiy mashinasozlik zavodi (NMZ) bazasida bajarilgan jag‘li maydalagich futerovkasi, pulpa nasosi ishchi g‘ildiragi va konveyer barabani qoplamasiga oid tadqiqotlar umumlashtirildi. Maqsad resursni oshirishda konstruksiya va material tanlashning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdir. Chekli elementlar hisoblari, material sinovlari va sanoat kuzatuvlari qiyoslandi. Futerovkalarning qayd etilgan ishlash davomiyligi 240 soatdan 600 soatgacha, nasos g‘ildiraginiki taxminan 400 soatdan 600–650 soatgacha oshgan. Konveyer segmentlari ikki barabanda 2 310 va 1 320 soat og‘ishlarsiz ishlagan. Natijalar resursni cheklovchi zonaning geometriyasi va materialini uning vazifasiga moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
References
- C.I. Walker, P. Robbie. (2013). Comparison of some laboratory wear tests and field wear in slurry pumps.Wear.[Crossref]
- R. K. Pardayev, C-160 markali jag‘li maydalagich qurilmasi futerovka plitalari tishlarining ratsional profilini asoslash, yeyilishbardoshligini oshirish. Dissertatsiya qo‘lyozmasi, Toshkent, 2026, II–IV boblar, E ilova.
- Sh. T. Mirqodirov, 10ГР8Л markali pulpa nasosi qurilmasini takomillashtirish, detal materialini asoslash. Dissertatsiya qo‘lyozmasi, Toshkent, 2026, II–IV boblar, E ilova.
- Sh. X. Pirnazarov, Lentali konveyer qurilmasining baraban qoplamasi yeyilishbardoshligini oshirish, parametrlarini asoslash. Dissertatsiya qo‘lyozmasi, Toshkent, 2026, II–IV boblar, A ilova.
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.