VANILLIN VA GLITSIN ASOSIDA NIKEL(II) KOORDINATSION BIRIKMASINI SINTEZ QILISH VA UNING IQ-SPEKTROSKOPIK XOSSALARINI TADQIQ ETISH
Abstract
Tadqiqotda vanillin va glitsin asosida nikel(II) koordinatsion birikmasini olish hamda uning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish masalalari yoritildi. Mualliflar tomonidan vanillin, glitsin va nikel(II) tuzi ishtirokida koordinatsion birikma sintez qilindi va mahsulot olindi. Vanillinning karbonil guruhi bilan glitsinning aminoguruhi o‘rtasidagi kondensatlanish jarayoni natijasida Shiff asosi hosil bo‘lishi va uning Ni(II) ionlari bilan koordinatsiyalanish xususiyatlari tahlil qilindi. Sintez jarayonining stexiometrik asoslari, metall–ligand bog‘lanishining ehtimoliy mexanizmi hamda mahsulotni IQ-spektroskopik identifikatsiyalash mezonlari ishlab chiqildi. Azometin, karboksilat va fenol guruhlariga xos tebranish sohalari asosida kompleksning tuzilish xususiyatlari muhokama qilindi.
References
- Guo-Qing Zhong, Qin Zhong. (2014). Solid–solid synthesis, characterization, thermal decomposition and antibacterial activities of zinc(II) and nickel(II) complexes of glycine–vanillin Schiff base ligand.Green Chemistry Letters and Reviews.[Crossref]
- Sulaiman Z., Na’aliya J., Na’aliya J. Spectroscopic and Thermogravimetric (TGA) Studies of Trinuclear Homometallic Ni(II), Cu(II), and Zn(II) Complexes Based on Vanillin–Glycine Binucleating Schiff Base: A Green Chemistry Approach // ChemSearch Journal. – 2025. – Vol. 16, № 2. – P. 58–72.
- De A., Ray H.P., Jain P., Kaur H., Singh N. Synthesis, characterization, molecular docking and DNA cleavage study of transition metal complexes of o-vanillin and glycine derived Schiff base ligand // Journal of Molecular Structure. – 2020. – Vol. 1199. – Article 126901.
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.