Neft va gazni chuqur qayta ishlash va barqaror energetika: ilmiy-texnologik taraqqiyot, innovatsion yechimlar va energiya samaradorligi

Qog‘oz sanoati chiqindi suvlaridan olingan natriy lignosulfonat asosida neft-gaz sanoati uchun kompleks ingibitor yaratish

Sanjarbek Sultonboy o'g'li Davronov
Toshkent kimyo texnologiya instituti
Madinabonu Sultonboy qizi Toshpo‘latova
Farg‘ona davlat universiteti
Jamshid Soatmoʻmin oʻgʻli Nazirov
Toshkent kimyo texnologiya instituti
Shoyunus B. Obidov
Toshkent kimyo texnologiya instituti
👁️ 0 Views
📥 0 Downloads

Abstract

Hozirgi vaqtda sanoat chiqindilarini qayta ishlash, mahalliy xomashyolardan samarali foydalanish va ekologik xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirish yashil kimyoning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Qog‘oz sanoati chiqindi suvlari tarkibidagi lignin saqlovchi birikmalarni foydali mahsulotlarga aylantirish ekologik muammolarni kamaytirish va ikkilamchi resurslardan foydalanish imkonini beradi. Neft-gaz sanoatida quvurlar va texnologik uskunalarda korroziya hamda mineral tuzlar cho‘kishi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli ushbu jarayonlarni kamaytirishga mo‘ljallangan samarali ingibitorlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Qog‘oz sanoati chiqindi suvlaridan olingan natriy lignosulfonat asosida kompleks ingibitor yaratish mahalliy va arzon xomashyodan foydalanish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish uchun istiqbolli yondashuv hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi chiqindi suv tarkibidagi lignin asosida natriy lignosulfonat olish va uning asosida neft-gaz sanoatida korroziya hamda mineral tuzlar cho‘kishini kamaytirishga mo‘ljallangan kompleks ingibitor yaratish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

References

  1. Mazumder P., Kalamdhad A. S. Recent advances in removal of lignin from paper industry wastewater and its industrial applications – A review. Bioresource Technology, 2020, 312, 123636. https://doi.org/10.1016/j.biortech.2020.123636
  2. Yao Lu, Yong-Chao Lu, Hong-Qin Hu, Feng-Jin Xie, Xian-Yong Wei, Xing Fan. (2017). Structural Characterization of Lignin and Its Degradation Products with Spectroscopic Methods.Journal of Spectroscopy.[Crossref]
  3. Stark N. M., Yelle D. J., Agarwal U. P. Techniques for Characterizing Lignin. In: Lignin in Polymer Composites, 2016 https://research.fs.usda.gov/treesearch/52747
  4. Sara Amini, Xabier Erdocia, Jalel Labidi, Ángel G. Fernández. (2025). Lignin based ecological coatings for improved anti-corrosion resistance.Progress in Organic Coatings.[Crossref]

Share this Publication

𝕏 Sharein Share✈️ Share💬 Sharef Share
📄

Read Full Text

Download PDF

Publication Details

Published Date03/11/2026
Conference“KIMYO, NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH HAMDA OZIQ-OVQAT SANOATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI” RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK ANJUMANI
DOI10.5281/zenodo.24432360
Page Numbers773-775
Keywords
lignosulfonatkompleks ingibitorekologik samaradorlikmahalliy xomashyokorroziya
CC BY 4.0

This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.