Neft va gazni chuqur qayta ishlash va barqaror energetika: ilmiy-texnologik taraqqiyot, innovatsion yechimlar va energiya samaradorligi

MAHALLIY GAZ TARMOQLARIDA GAZ BALANSI NOMUVOFIQLIGI VA SIZIB CHIQISH HOLATLARINI TADQIQ QILISH

Ikramjan Yaumitbayevich Sapashov
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston
Tórebek Miyirbek uli Mansurov
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston
👁️ 0 Views
📥 0 Downloads

Abstract

Ushbu tadqiqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Otauba OFY va Bazirgan MFY hududlaridagi mahalliy gaz taqsimlash tarmoqlarida tabiiy gaz balansi nomuvofiqligi va gaz sizib chiqish holatlari o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi gaz kirimi va hisobga olingan iste’mol hajmlari o‘rtasidagi farqni baholash, tarmoqlarning texnik holatini tahlil qilish hamda gaz yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda markaziy gaz hisoblagich ma’lumotlari va To‘rtko‘l tuman gaz ta’minoti filiali tomonidan taqdim etilgan iste’mol ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslandi. 2026-yil iyun oyida jami gaz kirimi 34 345 m³, hisobga olingan iste’mol esa 11 988 m³ ni tashkil etdi. Gaz balansi farqi 22 357 m³ yoki umumiy kirimning 65,1% iga teng bo‘ldi. Ikki kunlik instrumental tekshiruvlarda gaz tarmoqlarining ulanish qismlari, filtrlar va berkitish armaturalari bilan bog‘liq 45 ta muammoli nuqta hamda ma’lumot uzatishida nosozlik kuzatilgan 41 ta elektron hisoblagich aniqlandi. Natijalar gaz balansi nomuvofiqligini baholashda tarmoqlarning germetikligi va hisobga olish tizimining texnik holatini birgalikda o‘rganish zarurligini ko‘rsatdi. Gaz sizib chiqish nuqtalarini bartaraf etish, hisoblagichlar faoliyatini tiklash va gaz balansining muntazam monitoringini tashkil etish tavsiya qilindi.

References

  1. , D. Murodullayev. (2025). ENDOFIT MIKROORGANIZMLAR YORDAMIDA TABIIY BIRIKMALARNING MODIFIKATSIYASI VA BIOLOGIK FAOLLIKLARI.2024-yil 4-son (2024/4) OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI: MILLIY VA GLOBAL MUAMMOLAR.[Crossref]
  2. Arpino F., Dell’Isola M., Ficco G., Vigo P. Unaccounted for gas in natural gas transmission networks: Prediction model and analysis of the solutions. Journal of Natural Gas Science and Engineering. 2014. Vol. 17. P. 58-70.
  3. Shafiq M., Nisar W.B., Savino M.M., Rashid Z., Ahmad Z. Monitoring and controlling of unaccounted for gas (UFG) in distribution networks: A case study of Sui Northern Gas Pipelines Limited Pakistan. IFAC-PapersOnLine. 2018. Vol. 51, No. 11. P. 253-258.
  4. Zhang Y., Weng W.G. Bayesian network model for buried gas pipeline failure analysis caused by corrosion and external interference. Reliability Engineering & System Safety. 2020. Vol. 203. Article 107089.
  5. Meng L., Yuxing L., Wuchang W., Juntao F. Experimental study on leak detection and location for gas pipeline based on acoustic method. Journal of Loss Prevention in the Process Industries. 2012. Vol. 25. P. 90-102.
  6. Murvay P.S., Silea I. A survey on gas leak detection and localisation techniques. Journal of Loss Prevention in the Process Industries. 2012. Vol. 25. P. 966-973.
  7. Khan F., Khan A., Khan A., Khan M.N., Sadiq M., Akhtar K., Shah S.A., Shah F. The role of Earth Cover and Compaction Level on the Natural Gas Leakage rate from micro holes in an underground pipeline. Journal of Pakistan Institute of Chemical Engineers. 2017. Vol. 45. P. 144-149.

Share this Publication

𝕏 Sharein Share✈️ Share💬 Sharef Share
📄

Read Full Text

Download PDF

Publication Details

Published Date03/11/2026
Conference“KIMYO, NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH HAMDA OZIQ-OVQAT SANOATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI” RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK ANJUMANI
DOI10.5281/zenodo.24432370
Page Numbers776-778
Keywords
tabiiy gazgaz balansigaz sizib chiqishigaz taqsimlash tarmog‘ielektron hisoblagichgaz yo‘qotishlari
CC BY 4.0

This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.