Diammoniy fosfat va metakril kislota asosidagi moddaning SEM tahlili
Abstract
Yonuvchan materiallarni yong‘in kelib chiqishidan himoya qilishning samarali usullaridan biri antipirenlardan foydalanishdir. Ushbu moddalar polimer molekulasiga kimyoviy yo‘l bilan biriktirilishi yoki polimerlanish jarayoni tugagandan so‘ng polimer tarkibiga fizik aralashtirish orqali kiritilishi mumkin. Antipirenlar plastmassa materiallari bo‘ylab alanganing tarqalishini bostiradi, kamaytiradi, kechiktiradi yoki uning borishini o‘zgartiradi. Antipirenlar bir necha sinfga bo‘linadi: galogenli uglevodorodlar (xlor va brom saqlovchi birikmalar hamda reaktiv antipirenlar), noorganik antipirenlar (bor birikmalari, surma oksidlari, alyuminiy gidroksidi va boshqalar), shuningdek, azot saqlovchi fosfor birikmalari asosidagi antipirenlar. Kimyoviy tabiatiga qarab, antipirenlar fizik yoki kimyoviy mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu jumladan, jahon miqyosida antipirenlar: galogenli 25%, fosfororganik 20%, azotli 5% va noorganikli 50% miqdorida ishlab chiqariladi.
References
- Mohammed Al-Maamori, A Al-Mosawi, Abbass Hashim. (2011). Flame Retardancy Enhancement of Hybrid Composite Material by Using Inorganic Retardants.Materials Sciences and Applications.[Crossref]
- Антипирены для полимеров. Галогеноорганика и синергисты. https://vitahim.ru/info/articles/2023/antipireny_dlya_polimerov_galogenoorganika_i_sinergisty/ [02.05.2025].
- С.М. Ломакин, Г.Е. Заиков, А.К. Микитаев, А.М. Кочнев, О.В. Стоянов, В.Ф. Шкодич, С.В. Наумов. Замедлители горения для полимеров. Журнал Вестник Казанского технологического университета. 2012.
Publication Details
This article is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.