Conference Banner

Countdown to Conference

About the Conference

Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatlarini hamda ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyatini muhokama qilish, ushbu tarmoqlarda ilg‘or ilmiy yutuqlar va samarali ishlab chiqarish yechimlarini joriy etish masalalarini yoritish, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Shu bilan birga, konferensiya orqali jahon hamjamiyatini O‘zbekistonning kimyo, neft-gazni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatidagi innovatsion ishlanmalari, texnologik yutuqlari hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlari bilan tanishtirish ko‘zda tutiladi.

Conference Tracks & Sections

Neft va gazni chuqur qayta ishlash va barqaror energetika: ilmiy-texnologik taraqqiyot, innovatsion yechimlar va energiya samaradorligi

Organik moddalar sintezi va ular asosidagi materiallar: fundamental tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalar va amaliy qo‘llash istiqbollari

Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror ishlab chiqarish: global muammolar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar

Sanoat ekologiyasi va yashil transformatsiya: resurslardan samarali foydalanish, ekologik toza ishlab chiqarish va barqaror sanoat rivojlanishining innovatsion yechimlari

Participant Portal

Ready to present your research? Submit your abstract for review.

📤 Submit a Paper

Not presenting? Join us as a listener or guest!

🎟️ Register to Attend

Contact Organizers

✉️tictconference@gmail.com
📞+998933922272